Elementor #1313

✍️“AMALIY MASHG‘ULOT" 🏢Bandixon tuman politexnikumida   o‘quv amaliy mashg'ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida o‘quv amaliyotlari muntazam tashkil etilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar o‘z kasbiga oid ko‘nikmalarni yanada chuqurroq o‘zlashtirib, amaliy tajribaga ega bo‘lishmoqda

✍️“AMALIY MASHG‘ULOT" 🏢 Bugun Bandixon tuman politexnikumining 9-24-gurux talabalari  sabzovotlarni begona o'tdan tozalash bo'yicha amaliyot jarayonlarini olib borilmoqda .Bundan ko'zlangan maqsad talabalar ko'proq tajribaga ega bo'lish hamda issiqxona texnologiyalarini amalda o'rganishdir

Milliy liboslar - milliy qadiriyatlar ifodasi . O'zbek milliy liboslari juda yorqin , qulay , chiroyli bo'lib xalqning boy madaniy an'anari va turmush tarzining bir qismi. Bugun 12.09.2025 - yil Bandixon tumani politexnikumida ,, Milliy liboslar kuni '' keng nishonlanmoqda . foto lovxalar.

Bugun Bandixon tuman politexnikumida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusining ikkinchi yo'nalishi, yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sportda o'z qobiliyatlarini namoyish etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida, hamda Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2022-yil 5-apreldagi topshirig'iga asosan 2025-yil 15-sentabr kuni politexnikumda "Sportni sev, sport bilan yashang" shiori ostida o'quvchilar o'rtasida shaxmat va shashka sport musobaqasi bo'lib o'tdi

📌 Kasbim – faxrim Bugun Bandixon tuman politexnikumida talabalar uchun “Kasbim – faxrim” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu jarayonda talabalar o‘z tanlagan kasblarini yanada chuqurroq o‘rganish, amaliy tajriba orttirish va o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Bu jarayon nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki yoshlarda mehnatsevarlik, ijodkorlik va mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Amaliyot mashg‘ulotlari orqali talabalar kelgusida o‘z kasbini sevib, uni faxr bilan bajarishga tayyorlanmoqda.

Matematika fanidan tugarak mashgʻulotlaridan fotasuradlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan V-muhim tashabbusining II -yo'nalishi Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o'z qobilyatini mamoyan qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2022-yil 5-apreldagi topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil  22-sentiyabr kuni Bandixon tuman politexnikumda "Sportni sev sport bilan yasha" shiori ostida o'quvchilar o'rtasida stol tennis sport turidan    to'garak mashg'ulotidan fota lavhalar

🏢Bugun 30.09.2025 yil Bandixon tuman politexnikumida O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan ehtirom, hurmat va samimiy minnatdorlik so‘zlari yangradi. Talabalar tomonidan tayyorlangan she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, ustozlarning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Tadbir yakunida barcha qatnashchilar iliq taassurotlar bilan tarqalishdi.Tadbirdan fotolavhalar. 📸

Bugun 02.10.2025 yil Bandixon tuman politexnikumining Axborot kutubxona markazida ʼʼKitob mening doʻstimʼʼ📚mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Suhbatda oʻquvchi yoshlarga kitob bilan doʻst boʻlish va koʻproq mutolaa qilish tavsiya etildi.📖

Bugun 03.10.2025-yil Bandixon tuman politexnikumida 10-24-gurux talabalari uchun kvalikatsion amaliyoti bo'lib o'tdi Amaliyotdan foto-lavxalar. 📷


7-mavzu :  Boqiy shaharlarimiz 📚 “Kelajak soati” loyihasi doirasida navbatdagi dars! Haftaning dushanba kuni Bandixon tuman  politexnikumida “Kelajak soati”ning 7-mavzusi — “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida dars jarayoni bolib otdi. 🇺🇿 🔰 Dars davomida o‘quvchilarga yurtimizning qadimiy va tarixiy shaharlaridan —  Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz singari ajdodlarimiz merosi mujassam bo‘lgan maskanlar haqida keng tushunchalar berildi. 🕌 Shuningdek, o‘quvchilar ushbu shaharlarning tarixiy yodgorliklari, arxitektura obidalari va ularning bugungi kundagi o‘rni haqida videoroliklar orqali tanishdilar. 📖 “Boqiy shaharlarimiz” mavzusidagi ushbu dars o‘quvchilarda milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish hamda tarixiy merosga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qildi. 👉 Bandixon tuman  politexnikumi axborot xizmati.💻 🇺🇿 Bizni kuzatib borishda davom eting! Kanalga ulanish uchun👉https://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

Bandixon tumanidagi politekxnikumida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. ⚡️Tadbirda politekxnikumning o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi. Dastlab, O‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lish tarixi, uning mustahkam huquqiy asoslari va jamiyatdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. 📖Bayram tadbirida talabalar tomonidan O‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Erkin Vohidov kabi adiblarning asarlaridan iqtiboslar bilan boyitilgan chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida tilimizni asrab-avaylash, uning boy lug‘at xazinasi va so‘z boyligini yoshlarga yetkazish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning dolzarbligi haqida ham alohida to‘xtalib òtdi. 🇺🇿 Bizni kuzatib borishda davom eting! Kanalga ulanish uchun👉https://t.me/+TZewaY-izTMyZGN

Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati davomida Bantixon tumaniga tashrifi 24.10.2025-yil: ➖ Yoshlar masalalari va ularni kasb-hunarga o‘rgatish ishlari tahlil qilindi

📚 "Kelajak soati" darsi Bugun 27.10.2025 Bandixon tuman politexnikumida bugun “Kelajak soati” darsi bo‘lib o‘tmoqda. Dars mavzusi — “O‘zbekiston va jahon”. Mashg‘ulot davomida talabalarga O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, mamlakatimizning turli sohalardagi yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, dars jarayonida talabalar dunyo mamlakatlarining taraqqiyoti, global muammolar va ularni hal etishda yoshlarning o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazkur “Kelajak soati” darsi talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda zamonaviy fikrlaydigan yoshlar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda. 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanlga ulanish uchun👉https://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

Bugun 01.11.2025 yil Bandixon tumani politexnikumi 1-25-guruh o‘quvchilari o‘quv amaliyotida ishtirok etmoqda. O‘quv amaliyoti davomida o‘quvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarni egallamoqdalar. 🇺🇿 Bizni kuzatib borishda davom eting!

Bandixon tuman politexnikumi

Bugun 04.11.2025 y Bandixon tuman politexnikumi 🚘 "Avtomobil dvigatellariga servis xizmat koʼrsatish va taʼmirlash" guruhi oʼquvchilari ishtirokida oʼqituvchi F. Esanov amaliy mashg‘ulot oʼtkazdi. 🔹 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar: 👉 Avtotrejaorda mashina boshqarishni ; 👉Yo'l qoidalari bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egalladilar. 💪 Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlab, ularni malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi. Yoshlarimiz — ertangi kunimiz tayanchi, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida mehnatsevar kasb egalari! 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Amaliyot mashg`uloti. ✂️🧵 🔰Bandixon tuman politexnikumida 1-25-guruh o‘quvchilari "Ayollar kiyimini tikish" o'quv amaliyotidan “Ayollar yengil ko‘ylagi tikish" mavzusida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. 👗📏

✅ Mashg‘ulotni ishlab chiqarish ta’lim ustasi Yo'ldosheva Karomat olib bordi. Dars davomida o‘quvchilar gazlama tanlash 🧶, andozalarni to‘g‘ri joylashtirish 📐 hamda bichish jarayonlarini ✂️ amaliy tarzda bajarishdi hamda tikish mashinasida ishlash bo'yicha ko'rsatmalar berib har bir bajarilgan ish nazoratga olindi. 🌟 Mazkur mashg‘ulot o‘quvchilarda kasbiy mahorat, aniqlik va estetik didni shakllantirishga xizmat qildi.

📘 Bandixon tuman politexnikumida Ingliz tili fanidan ochiq dars! 🇬🇧

👨‍🏫 Darsni ingliz tili fani o‘qituvchisi Tursunova Maqsuda olib bordi. Ustoz dars davomida o‘zining yuqori darajadagi bilim va pedagogik mahoratini namoyish etib, o‘quvchilarda faniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

🗣 Mashg‘ulot jarayonida turli interaktiv usullar, savol-javoblar va amaliy mashqlar orqali o‘quvchilar ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Ochiq dars o‘quvchilar uchun nafaqat yangi bilim manbai, balki o‘z fikrini ingliz tilida ifodalash, jamoada ishlash va nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.🗣 Mashg‘ulot jarayonida turli interaktiv usullar, savol-javoblar va amaliy mashqlar orqali o‘quvchilar ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Bugun 07.11.2025- yil

📚Bandixon tuman politexnikum Axborot kutubxona markazi elektron kutubxonachisi B.Mamatova va ona tili fan oʻqituvchisi E.Eshmamatov tomonidan 6-25 guruh oʻquvchilari oʻrtasida oʻzlari sevib oʻqigan adabiyotlar taqdimoti oʻtkazildi .📚 Oʻquvchilar oʻzaro fikr almashdilar va adabiyotga boʻlgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Suhbat yakunida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga minnatdorchilik bildirildi.

Bugun 08.11.2025-yil

📘 Bandixon tuman politexnikumida" Suv istemoli nazorati avtomatika va o'lchov asboblarini o'rnatish" o'quv amaliyoti fanidan "Suv istemolida polipropilen trubalarni yamash"mavzusi o'tildi.

👨‍🏫 O'quv amaliyotini Ishlab chiqarish ta'limi ustasi Sh.Safarov olib bordi. Ustoz dars davomida o‘zining yuqori darajadagi bilim va pedagogik mahoratini namoyish etib, o‘quvchilarda faniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. 🗣 Mashg‘ulot jarayonida turli interaktiv usullar, savol-javoblar va amaliy mashqlar orqali o‘quvchilar mavzu bo'yicha amaliy ko'nikma va tajribaga ega bo'ldilar.

"PF-190 sonli Farmon"

🏢Bandixon tuman politexnikumida texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23- oktabrdagi "Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi PF-190-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

✅ Yigʻilishda texnikum direktori Sh.Choriyev, Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Y Xayitov hamda IChTBDO' E.Abdiyev lar farmon va qaror bilan jamoani tanishtirdi. Farmon va qarorni tushunish asosida kelib chiqqan savollarga javob berdi. Bizni kuzatishda davom eting

#kelajaksoati 🇺🇿 🏢 Bandixon tuman 1-son politexnikumi “Kelajak soati” doirasida “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi. 👥 Mashg‘ulotda ishtirok etib, o‘quvchilarga tushuncha berganlar: Yoshlar ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari B.Boynazarov Pisexolig S.Ergashova Tarix fani o‘qituvchisi – A.Safarov Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi – I Shodmonova 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📘 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana,Bayroqdagi ranglarning ramziy ma’nosi, Oy va yulduzlarning mazmuni, Chiziqlarning tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi 🎯 Darsning maqsadi — yoshlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish va ularga oid bilimlarni kengaytirishdan iborat☝️☝️☝️.https://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan

🇺🇿 Bugun — 18 noyabr! Bu kun yurtimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana sifatida e’zozlanadi.

Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning azaliy orzu-intilishlari, milliy g‘ururi, mustaqillik va ozodlik timsolidir. Undagi har bir rang va timsol Vatanimizning boy tarixi, tinchligi va porloq kelajagini ifodalaydi.

Bandixon tumani 1-son politexnikumida ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!”ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, o‘quvchi-yoshlarimizda bayrog‘imizga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga chiqishlar tashkil etildi.
🇺🇿 1991-yilda qabul qilingan Davlat bayrog‘imiz — faxrimiz, g‘ururimiz va milliy sha’nimizdir! ☝️☝️☝️.https://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

🏢 Bandixon tuman politexnikum

Bandixon tuman politexnikumi 🚘3 -25 "Avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash chilangari" guruhi 🛻"Avtomobil dvigatellarini qismlarga ajratish" mavzusida oʼquvchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Ishlab chiqarish taʼlim ustasi 👨‍🔧 Ro‘ziqulov Shavkat Amaliyot davomida o‘quvchilar: avtomobil dvigatellarini yig'ilish, texnikalarining tuzilishini o‘rgandilar, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egalladilar.

☝️ Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlab, ularni malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.☝️☝️.https://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

Bandixon tuman Politexnikumi Tarĝibot va tashviqot

Bugun 21 noyabr kuni ishlab chiqarish ta'lim ustalari Esanov F . Xoliqulov M. Abdilazizova X. Róziqulov Sh. Bandixon tuman 9-umumtalim maktabiga 9-sinf òquvchilari bilan tarĝibor va tashviqot ishlarini olib borish jarayonidan foto lavhalar. Tarĝibot maqsadi:Yoshlarning keyingi òqish faoliyatini kasbga yònaltirish,kelajak uchun befarq bòlmaslik maqsadida olib borildi.

🇺🇿 Bizni kuzatib borishda davom eting! Kanalga ulanish uchun👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

Bugun 21.11.2025 yil Bandixon tuman politexnikumining Axborot kutubxona markazida oʻquvchilar oʻrtasida ʼʼZakovatʼʼ intelektual oʻyini tashkil etildi.ushbu intelektual oʻyini bahs munozaralarga boy boʻlib oʻtdi va gʻolib jamoa aniqlandi. 1 - oʻrin Yosh zakovatchilat 2 - oʻrin liderlar Zakovat intelektual oʻyinining maqsadi yoshlarni bilimga undash sogʻlom raqobatni shakllantirish va boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishdir.

🇺🇿 Bizni kuzatib borishda davom eting! Kanalga ulanish uchun👉http://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

📅 Sana: 21 noyabr 📍 Joy: Bandixon tumani Politeхnikumi 👥 Ishtirokchilar: O‘qituvchilar  o‘quvchilari

Bugungi “Milliy liboslar kuni” tadbiri o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yanada mazmunli bo‘ldi. Tadbir davomida milliy liboslarimizning tarixi, ularning ma’naviy ahamiyati hamda xalqimizning boy madaniy merosini ifodalaydigan jihatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘quvchilar rang-barang milliy kiyimlarda o‘z ijodkorliklarini namoyish etishdi, o‘qituvchilar esa ularga ma’naviy ko‘mak va yo‘l-yo‘riq bo‘lib turishdi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun ko‘tarinki kayfiyat, faxr va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamladi. 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

📚 Bandixon tumani Politexnikumi 🔬 Fizika fani mashg‘uloti

🧭 Mavzu: Yorug'lik kuchi va oqimi.Yorug'lik qonuni 👩‍🏫 Darsni olib bordi: Xidirqulov Ikrom— fizika fani o‘qituvchisi

💡 Mazkur mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga Yorug'lik kuchi va oqimi.yorug'likning paydo bo'lishi tarqalishi haqida batafsil tushunchalar berildi. Amaliy misollar va tajribalar orqali mavzu yanada qiziqarli tarzda yoritildi.

📖 O‘quvchilar Yorug'lik qonuni ahamiyati va uni hisoblash usullarini amaliy jihatdan o‘rgandilar. ✨ Ilm – taraqqiyot kaliti!☝️☝️.https://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan V-muhim tashabbusining II -yo'nalishi Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o'z qobilyatini mamoyan qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2022-yil 5-apreldagi topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil  25 noyabr  kuni Bandixon tuman politexnikumda "Sportni sev sport bilan yasha" shiori ostida o'quvchilar o'rtasida valeybol sport turidan      to'garak mashg'ulotidan fota lavhalar

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

26.11.2025 yil Badixon tuman politexnikumida korrupsiyaga qarshi manaviy- ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Bandixon tuman politexnikumida o'qituvchi va o'quvchilarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ,huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida manaviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, yoshlarning bu jarayonlarga aralashmaslik bo‘yicha mas’uliyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun normalari, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Bugun 26.11.2025 yil Bandixon tumani Politexnikumi 7-24 guruhi oʻquvchilari bugun Bandixon Suv taʼminoti boʻlimida Avtomatlashtirish jarayoni sxemasi tuzilishi oʻrganish amaliyot mavzusi boʻyicha amaliy oʻrganish jarayonida va hamkorlik tashkiloti bilan tanishuv bo'lib o'tdi Bunda o'quvchilar nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida sinab ko'rishdi. 📷 Ushbu tadbirdan foto lavxalar☝️

Bandixon tuman politexnikumida " Zo'ravonlikka qarshi kurash kuni " munosabati bilan tadbiri bolib o`tdi. "Zo'ravonsiz oila-farovon hayot sari! Bandixon tuman politexnikumida O'zLDP qonunchlik palatasi deputati Rajabova Shoira Nurmatovna Xalqaro Zo'ravonlikka qarshi kurash oyligida o'qtuvchi va o'quvchilar bilan davra suhbati olib bordi. tinchlik, mehr-oqibat va o'zaro hurmatga chaqiradi."

Zo'ravonlikdan xoli jamiyat qurish — har birimizning vazifamiz. "Yurakdan yurakka: mehr-oqibat ko'prigini quramiz! 🤝 Tadbir davomida namoyish etilgan ma'ruzalar, videoroliklar va chaqiriqlar barchamizni hushyorlikka chorlaydi. Keling, birgalikda zo'ravonlikka chek qo'yaylik!" Bandixon tuman politexnikumi rasmiy kanali👉t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

Bugun 27.11.2025 yil. Bandixan tuman politexnikumida maxsus fan o'qituvchisi Esanov Feruz 11-25 "Traktorchi-mashinst" guruhida "Yo'l harakatlari xavfsizligi" fanidan Avto trenajyor yordamida amaliy dars mashg'uloti o'tildi.Dars o'quvchilarda qiziqish o'yg'otib amaliy ko'nikma ortirishga yordam berdi. 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGN

Bandixon tuman politexnikumi 🇺🇿🇺🇿"Milliy libos- millat qiyofasi" inson ko'rki, texnikumda Siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.

🟦 O'zbek xalqimizning asrlar davomida shakllangan bebaho qadryatlari, milliy ananalari va liboslarga mehr uyg'otish va o'zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Bandixon tuman politexnikumida haftaning har juma kuni "Milliy liboslar kuni" deb e'lon qilingan

🟩 Shu munosabat bilan texnikum o'qituvchilari va o'quvchilari milliy liboslarida sharqona qadiryatlarimizni gavdalantirmoqda

🟥Atlas va adras kabi milliy liboslarimiz ko'zni quvnatadigan, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag'ishlamoqda. Bandixon tuman politexnikumi rasmiy kanali👉t.me/+TZewaY-izTMyZGNi

Bugun 28.11.2025 yil.
Bandixon tuman politexnikumida Matematika fani o'qituvchisi Xursandov Asad 8-24 guruhida "Murakkab funksiya hosilasi" mavzusi yuzasidan ochiq dars mashg'uloti o'tkazdi.Dars o'quvchilaga zamonaviy texnologiyalar yordamida tushunarli tazda o'tildi.
🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGN

📌📌📌2025-yil 3-dekabr kuni Bandixon tuman politexnikumi o'qituvchilari tomonidan Bandixon tumanidagi 40-umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 🔰🔰🔰 Tadbir davomida o‘quvchilarga kasb-hunar ta’limining afzalliklari, politexnikumda mavjud yo‘nalishlar, qabul tartibi hamda zamonaviy kasblarning kelajakdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅✅✅ O‘quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga tegishli ma‘lumotlar berildi va ularning qiziqishlari va kelajakdagi kasb tanlovi bo‘yicha savollariga javoblar berib o'tildi. 🔷🔷🔷Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashiga ko‘maklashish va ularda texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi. 🇺🇿 Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGN

📅 Sana: 3.12.2025 yil 👨‍🏫 O‘qituvchi: B. Mamatmurod 🚗 Yo‘nalish: Avtomobillarni tamirlash va ularga xizmat ko'rsatish Bugun Bandixon tumani politexnikumida talabalarga avtomobilni xavfsiz boshqarish (vajdeniya) bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. 💡 Mashg‘ulot davomida: Talabalar mashinani boshqarish qoidalari va texnik xavfsizlikni o‘rgandilar. O‘qituvchi har bir talabaning haydash ko‘nikmalarini nazorat qildi va kerakli yordam ko‘rsatdi. Talabalar real yo‘l sharoitida mashinani boshqarish tajribasini orttirdilar. 🎯 Maqsad: Talabalarda xavfsiz haydash va avtomobilni boshqarish bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish. 📸 Amaliyotdan foto lavhalar☝️ 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGN

Bugun 5.12.2025 yil.
Bandixon tuman politexnikumida navbatdagi o'quv seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi . Yig'ilishda o'qituvchilarning elektron jurnalni yuritish bo'yicha tegishli tushunchalar berilib,savollarga javob berildi. 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGN

💠 Bandixon tuman politexnikumi yangiligi ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📅 2025-yil 5-dekabr 📘 Informatika fani Oʻqituvchi: Tursunov Akmal 👗 Guruh: “Tikuvchilik" yo'nalishi 1-24 guruh 📚 Mavzu: “Grafik va animatsion ilovalarga misollar” 🎓 Ochiq dars mashgʻuloti ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📝 Dars davomida: 🔹 “Grafik va animatsion ilovalarga misollar” mavzusi o‘quvchilar uchun tushunarli uslubda yoritildi 🔹 Amaliy topshiriqlar orqali mavzuni yanada mustahkamlashga erishildi 🔹 Interfaol metodlardan foydalanilib, o‘quvchilar faolligi oshirildi ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🌟 Dars jarayoni o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, komputer savodxonligini rivojlantirish hamda mavzuni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/+TZewaY-izTMyZGN

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *